Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/03/2025
Chop etish
«Radikal diniy g‘oyalarning ta’siriga tushib qolishning oldini olish va bu borada yoshlar ongida mustahkam immunitet shakllantirish masalalari».
Rus tili va adabiyoti fakultetida birinchi bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ana shu mavzu muhokama etildi.

Tadbirda rektor maslahatchisi, Jizzax viloyati IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xodimi hamda universitet psixologi ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularni zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish va buzg‘unchi mafkuralarga qarshi mustahkam immunitet shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Spikerlar radikal diniy g‘oyalar xavfi va ularning oldini olishda to‘g‘ri bilim va tushunchaga ega bo‘lish muhimligini ta’kidladilar.


Ulashish:
307
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Jizzax akademik litseyi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda 14-yanvar —...
JDPU rektori doktorantlar bilan uchrashib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich tayanch doktorantlar...
Oliy pedagogik ta’lim tizimini transformatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan respublika seminarini...