Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2025
Chop etish
“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi yana bir qimmatli eksponat bilan boyidi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tuzilmasi qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi o‘z tarixiy xazinasini yana bir qimmatli eksponat bilan boyitdi.

Kuni kecha muzey fondiga 1917-yillarga oid, Jizzax uyezdidagi “Dmitrov” kolxozi raisi bo‘lib faoliyat yuritgan Xidirnazar Ortiqov xonadoniga tegishli eshik zulfi topshirildi.

Qimmatli tarixi va o‘ziga xos qiyofasi bilan alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu buyum Xidirnazar Ortiqovning nabirasi — Xayrulla Xidirov tomonidan muzeyga sovg‘a qilindi.

Atroflicha o‘rganilganda, eksponat nafaqat bir oilaning tarixiy merosini, balki o‘sha davrning maishiy hayoti, ijtimoiy muhiti va qatag‘on yillarining targ‘ibot-tajribalaridagi izlarini ham o‘zida aks ettiradi. Muzey xodimlarining ta’kidlashicha, ushbu topshiriq ekspozitsiyani yanada boyitib, talabalar va mehmonlar uchun yangi tarixiy mulohaza va bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati va muzey jamoasi Xayrulla Xidirovga tarixiy merosni asrab-avaylab, muzeyga taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildiradi.


Ulashish:
1 952
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.