Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/01/2026
Chop etish
Pedagoglar uchun seminar: muzokara va muloqot psixologiyasida yangi texnologiyalar.

Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kunlari uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidan taklif etilgan olimlar ishtirok etishdi. Seminar doirasida Nazarov Azamat Sattorovich “Nizoni muzokara orqali hal qilish texnologiyalari: professor-o‘qituvchilar uchun himoya strategiyalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, akademiya professori Akromov Mirmuhsin Rustamovich “Ta’lim jarayonini boshqarishda muloqot psixologiyasining o‘rni” mavzusida ishtirokchilarni qiziqtirgan ma’ruzasini taqdim etdi.

Ma’lumki, tadbir davomida mavzuga oid savollar ko‘tarildi va olimlar tomonidan to‘liq hamda aniq javoblar berildi. Seminar ishtirokchilari o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, bilim va malakasini yanada oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ushbu seminar-trening professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan muhim tadbir sifatida e’tirof etildi.


Ulashish:
1 574
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.