Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ustoz qadri buyuk muallim
Ustoz qadri buyuk muallim
|
26/10/2024
Chop etish
O‘zingga ravo qilmagan narsalarni boshqalarga ham ravo ko’rma.
Tarix fanlari doktori, professor Faniya Avzalovna Axmedshina 2007-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi”,2021-yilda” “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi”, 2022-yilda“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” munosabati bilan ko‘krak nishonlari,2023-yilda “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan  taqdirlandi.

Hayotiy tamoyili: «O‘zingga ravo qilmagan narsalarni boshqalarga ham ravo ko‘rma.»» Odamgarchilikka intilish insonni barcha yomonliklardan qaytaradi.»
JDPU haqida:  30 ga yaqin ustozlar  va 400 dan ziyod talabalar bilan o‘z faoliyatini boshlagan Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘zining 50-yillik yubileyini 800 dan ziyod ustozlar va 20000 ga yaqin talabalar bilan nishonlash sharafiga ega bo‘ldi.

Universitetning hozirgi professor-o‘qituvchilarining asosiy qismini o‘zi tayyorlagan iqtidorli kadrlari tashkil qilishi, ular orasida kafedra mudirlari, dekanlar, prorektorlar va rektorning o‘zi bo‘lishi faxrlanarli natijadir. Yaqindagina universitetning 50 yoshini nishonlashga dunyoning 22 davlatidan 100 dan ortiq olimlarning kelishi ulkan hodisadir.

Universitetimizning  oliy pedagogik ta’lim tizimining YANGI VA DOLZARB talablariga javob beroladigan  ijodkor kadrlar yetishtirish yo‘nalishidagi faoliyati o‘z mutaxassislik  sohalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajribaga asoslangan yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish  va uni uzluksiz takomillashtirib borishga, ta’lim sifatini oshirishga, jamiyatning sifatli ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga olib keladi.


Ulashish:
669
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.