Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/06/2020
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston

Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.

Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;

yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;

tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (yuqoridagi tartibda);

O‘zbekiston tarixini bilish talab etiladi.

Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.

TEST SINOVI, EKSPERTIZA TEKShIRUVI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha o‘z bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar.

Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni 

topshiradilar:

sinov daftarchasidan ko‘chirma;

dekanat, kafedra tavsiyanomasi;

ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;

rahbarning fikr-mulohazalari;

ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;

ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.

Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.

MAGISTRATURAGA IMTIHONSIZ QABUL QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga «Prezident stipendiyasining sohibi» guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalar davlat oliy ta’lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida grant asosida magistraturaga (bakalavr-stipendiatlar) va aspiranturaga (magistr-stipendiatlar) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

O‘QIShNI XORIJDA DAVOM ETTIRIShI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar o‘qishni bitirgandan so‘ng, ikki yil mobaynida magistraturada (bakalavar-stipendiatlar) va aspiranturada (magistr-stipendiatlar) o‘qishni davom ettirish maqsadida xorijga jo‘natilish huquqini saqlab qoladilar.

STIPENDIYaDAN MAHRUM QILISh

Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni o‘quv yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

 


Ulashish:
1 194
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...