Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/06/2022
Chop etish
 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining eng muhim  o‘ziga xos xususiyatlari” davra suhbati ana shunday nomlandi.

Kecha Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining eng muhim  o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra  suhbat bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  birinchi prorektor S.Nazarqosimov olib bordi.

Tadbirda notiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining eng muhim  o‘ziga xos xususiyatlari xususan  Davlat hokimiyati asoslarni yanada takomillashtirish, parlament vakolatlarini kuchaytirish, fuqarolarning qonunchilik jarayonlarida faol ishtirokni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’ruza qildi. Savol javoblar tariqasida o‘tkazilgan suhbat davomida shuningdek   fuqaro va davlatning o‘zaro huquq majburiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik sezilarli darajada kuchaytirlayotgani, fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini, xususiy mulkchilikni, iqtisodiy faoliyatning erkinligini himoya qilishga qaratilgan normalar kiritilayotgani, milliy qadriyatlar va an’analarni saqlash hamda ko‘paytirishga jamiyatning tarixiy, ijtimoiy iqtisodiy asoslarini, xalq birligini mustahkamlashga o‘zgartirishlar kiritilayotganini, inson huquqlari va erkinligini kafolatlash borasida ham bir qator  o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilayotgani haqida fikr yuritildi. Davra suhbati so‘ngida  ishtirokchilar bu borada o‘z fikrlarnii bayon etishdi.


Ulashish:
799
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.