JDPUda bo‘lib o‘tgan ilmiy-nazariy konferensiya ana shunday nomlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti, tarix fakulteti “Falsafa,tarbiya va huquq ta’limi” kafedrasi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashil etilgan konferensiyani JDPU rektori Sh.Sharipov ochib berdi.
Fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish, Demokratik islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli, Ijtimoiy adolat – jamiyatda insonfarovonligini belgilovchi mezon, Milliy yuksalish sharoitida inson manfaatlarini ta’minlashda mahalla institutining o‘rni, Davlat siyosatini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlarning o‘rni Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda “aql markaz”larning tutgan o‘rni, Davlat organlari va NNTlar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratining ahamiyati, Parlament nazoratining jamiyat va davlat munosabatlariga ta’sirchanlik omillari mavzulari muhokamasiga bag‘ishlangan seminarda yurtimizning bir qancha OTMlaridan olimlar ishtirok etishdi.
Savol-javoblar va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan seminar kunining ikkinchi yarmida sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.