Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/07/2021
Chop etish
OQ YO‘L SIZGA INSTITUTIMIZ MAGISTRLARI…

“Rektor bilan muloqot“ – Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida o‘tkazilgan uchrashuv ana shunday nom oldi. 30 iyun Yoshlar kuni arafasida  oliygohda 18 ta mutaxassislik bo‘yicha 207 nafar magistr talabalari magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini muvafaqiyatli topshirdi.  Ikki yillik o‘quv jarayonida muvaffaqiyatlarga erishgan, ilmda hamda institutning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lgan magistrlarni taqdirlash, rasmiyatchilikdan xoli, yuzma-yuz dildan suhbatlashish maqsadida tashkil qilingan muloqotga oliygohni bitirib ketayotgan 200 dan ziyod magistrlar jalb qilindi.

Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib bergan institut rektori Sh.Sharipov magistraturada faqat diplom uchun emas, balki ilm bilan shug‘ullangan, ilmiy ish qilishni maqsad qilgan talabalar o‘qishi kerakligini ta’kidladi. Muloqot davomida magistr talabalari bundan bir yil oldin tashkil qilingan “Rektor bilan muloqot” uchrashuvida  berilgan takliflarning ijobati, ularga ko‘rsatilgan e’tibor uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib  o‘tishdi.

Muloqat jaryonida magistr talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga institut rektoridan o‘z javoblarini olishdi.

“Men bundan bir yil oldin  institut rektori Sh.Sharipov bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zimning bir necha takliflarim bilan murojaat qilgan edim. Ulardan biri Jismoniy madaniyat yo‘nalishini sport inventarlari bilan ta’minlash xususan basketbol bo‘yicha qizlar terma jamoasi tarkibini shakllantirish edi. Bir yil vaqt mobaynida ushbu jamoa shakllantirildi hozirdi basketbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Shuningdek o‘z murojaatimda institumiza bo‘lajak rahbarlarni tayyorlash uchun maxsusm “rahbarlik klub” ini  tashkil etilishini so‘ragandim biz bir yil mobaynidaushbu klubni tashkil etdik va  rahbarlik soatlari darslarini ham o‘tdik. Buning uchun o‘z minnatdorchiligimni yana bir bor  aytib o‘taman.”-deydi magistr talaba S. Xazratqulov

Muoloqt davomida, institut rektori Sh.Sharipov magistr bitiruvchilarning ish faoliyati, kelgusi xayoti maqsad va rejalari bilan qiziqib o‘z maslahatlarini ham berib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida institutning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan hamda o‘zining odob-ahloq hislatlari bilan ustozlarning hurmatiga sazovor bo‘lgan magistr talabalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilgan  uchrashuv so‘ngida institut rektori barcha bitiruvchi magistrlarga o‘z tilaklarini bildirdi.

“-Demak, kelajakda qanday soha mutaxassisi bo‘lishingizdan qat’iy nazar, shu oliy dargohda ta’lim olganligingiz yodingizdan chiqmasligi kerak. Bu sizga katta mas’uliyat yuklaydi. Biz sizga ishonamiz. Oq yo‘l sizga institutimiz magistrlari” …

                                                                                                                                                                                                       Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati 

 


Ulashish:
1 072
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...