Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/02/2021
Chop etish
“Oliy ta`limda innovatsion rivojlanish” seminar ana shunday nomlandi.

Jizzax davlat pedagogika institutida 2021 yil 22 Fevral kuni Erasmus+ Milliy ofisi bilan hamkorlikda “Oliy ta`limda innovatsion rivojlanish” mavzusida seminar bo`lib o`tdi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi O’zbekistonda OTMlar o’qituvchilari va xodimlarini o’qitishdagi ilg’or tajribalar, o’qitish va oliy ta’limning innovatsion rivojlanishi haqida axborot bilan ta’minlashga qaratilgan edi. Shuningdek,  Boloniya jarayoni tamoyillarini targ’ib qilish, universitetlarning xalqaro reytingini oshirishga yordam berish va Erasmus+ dasturi, navbatdagi tanlovi doirasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat bo`ldi.

Seminarni Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sharipov Shavkat Safarovich kirish so`zi bilan ochib berdi. Seminar davomida Erasmus+ Milliy ofisi eksperti Qudratxon Bahodirov, Oliy ta`lim ekspertlar milliy guruhi rahbari Marat Rahmatullayev, Oliy ta`lim ekspertlari milliy guruhi a`zolari Gulbahor Karimova va  Anora Jabborovalar tomonidan Erasmus+ dasturi faoliyati va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari,  Oliy ta’limda innovatsion usullar,  Ta’lim va ilmiy dasturlarga loyihalar tayyorlash usullari , Ta’limda (kredit tizimida) mikro-kreditlar,  Ma’sofaviy ta’lim jarayonida xorijiy tajribalardan foydalanish mavzularida taqdimotlar qilindi.

 

Seminarda Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor o`qituvchilari, tadqiqotchilari bilan bir qatorda Jizzax Politexnika instituti, O`zMU Jizzax filiali vakillari ham ishtirok etishdi. Seminar so`ngida savol-javoblar va muhokama tarzida ko`pchilik o`zi qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Ulashish:
614
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.