Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Oliy ta’lim bitiruvchilari bilan ochiq muloqot

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax filiali Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘limi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish, meritokratiya tamoyilini qo‘llash, Davlat fuqarolik xizmatida gender tenglikni ta’minlash, bilimli yoshlarni sohaga jalb etish, Davlat fuqarolik xizmatchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Davlat fuqarolik xizmati jozibadorligini oshirish, ijtimoiy va huquqiy ta’minlashga oid choralar to‘g‘risida ochiq muloqot shaklidagi dars jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun mazmun-mohiyati, Agentlikning vazifa va funksiyalari, ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, samaradorlik ko‘rsatkichlari, davlat fuqarolik xizmatchilari ish jarayonlari, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish va doimiy malakasini oshirish bo‘yicha tushgan savollarga atroflicha javoblar berildi.