#ochiq_dars_
Bugun Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, t.f.d., To’raqulov Xolbo’ta Abilovichning magistratura mutaxassisliklari 1-bosqich talabalariga Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan “Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg’uloti yuqori saviyada tashkil etildi.Ushbu ochiq dars 1-bosqich talabalariga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlarida muvaffaqiyatli yo’lni ko’rsatuvchi dars sifatida qizg’in bahs-munozaralar asosida olib borildi.