Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2024
Chop etish
«Mutolaa» loyihasi taqdimoti asosida «Qo‘rqma» filmi namoyish etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida davlatimiz rahbarining «Yoshlar uchun ming kitob loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarori asosida «Mutolaa» loyihasi doirasida Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari asosida suratga olingan “Qo‘rqma” nomli film premyerasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, ishtirokchilar e’tiboriga yosh iste’dod sohibi Javlon Jovliyev tomonidan yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va o‘ziga xos yangi ohang bilan yozilgan «Qo‘rqma» asari qahramonlarining taqdiri va hayot yo‘li aks etgan qisqa metrajli kinofilm havola etildi.

Shuningdek, «Mutolaa» loyihasi haqida universitet prorektori S.Nazarqosimov tomonidan ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad haqida ma’lumot berildi.Tadbirda talaba-yoshlar “Mutolaa” loyihasining taqdimoti va loyihaning mazmun-mohiyati hamda “Qo‘rqma” filmining premyerasini jonli kuzatishdi.

Namoyish etilgan qisqametrajli film o‘quvchilar ko‘nglidan joy olib, namoyish so‘nggida o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdi.


Ulashish:
1 587
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xavfsiz mehnat-munosib kelajak kafolati
Jizzax davlat pedagogika universitetida 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan «Xavfsiz mehnat — munosib kelajak kafolati» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
JDPUda “Xavfsiz va soğlom yurt” tadbirlari doirasida profilaktik uçraşuv ötkazildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya oliy pedagogika maktabida “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi doirasida talabalar va professor-öqituvçilar iştirokida tarğibot uçraşuvi taşkil...
JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.