Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/08/2020
Chop etish
Mustaqillik solnomasi…

Bino va Inshoatlar:

IMOM AL-BUXORIY YoDGORLIK MAJMUI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29 apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi.

Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. XVI asrda Imom al-Buxoriy kabri ustiga mo‘jazgina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan qarovsiz ahvolga tushib qolgan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Imom al-Buxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilm-ma’rifat, diyonat yo‘lida baxshida etgan ulug‘ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari bilan bog‘liq joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom alBuxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Chahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurilgan.

Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Bu yerda hadis ilmini o‘rganish ishlarni amalga oshirish ham ko‘zlangan. Yodgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda an’anaviy milliy me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va boshqa) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, ma’muriy va boshqa inshootlar)bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishko‘k shaffof oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatilgan. Maqbaraning o‘ng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sag‘ananing aynan ostida Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplangan. Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqohning umumiy maydoni 786 kv. m. Peshayvonining umumiy mayd. 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin. Hovlining o‘ng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar bilan bir xil shaklda va o‘lchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va boshqa yumushlarga mo‘ljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy mayd. 946 kv. m. Peshayvonining mayd. 110 kv. m. Kutubxonada Qur’oni karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari va boshqa kitoblar mavjud. Majmua to‘rida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganish uchun mo‘ljallangan o‘quv markazi — «Dorul hadio» binosi joylashgan.

 


Ulashish:
938
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.