Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/06/2021
Chop etish
 MUNOSABAT

8 iyun kuni  kuni ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/TalabaUz telegram kanalida   #talabalardan_  sahifasida e’lon qilingan  murojaatga  Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyatining

MUNOSABATI

https://t.me/TalabaUz telegram kanalida #talabalardan_ sahifasida Jizzax davlat pedagogika instituti talabasining murojaati berildi. Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati mazkur murojaatga shu kunning o‘zida e’tibor qaratib, quyidagi munosabatni bildiradi.

Murojaatda  institutning Chet tillar fakulteti talabasi “ma’ruzalar zali juda ham issiq bo‘lganligi bois institut rektoriga ariza bilan chiqqan talaba qizning arizasi qaytarilganligi hamda  fakultet dekani tomonidan talabalar ichida izza qilinganligi shuningdek ma’ruzalar zali juda issiq bo‘lganligi bois talabalar darsda o‘zlarini noxush his qilayotganliklari” bayon etilgan.

Jizzax davlat pedagogika instituti bosh binosi 2020 yil to‘liq kapital ta’mirdan chiqqan. Bugungi kunda  oliygohning asosiy binosi  markazlashtirilgan isitish va sovutish tizimiga ulangan (ma’lumot uchun: bugungi kunda respublikdagi OTM larning 80%  da bunday tizim o‘rnatilmagan) Xabaringiz bor Joriy yilning  3-7 iyun kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, kunduz kunlari havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo harorati  44-46 daraja issiqqacha ko‘tarildi. Havo haroratining ko‘tarilishi hisobiga haqiqatdan ham o‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallarida yuqorida keltirilgan haddan ziyod isish holatlari kuzatildi.  Talabalarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan noxush holatlarning oldini olish va imkon darajasida  ularga sharoit yaratib berish maqsadida yanvar oyidan boshlab isitish va sovutish tizimiga ulanmagan hududdagi  boshqa binolarga   bosqichma –bosqich  isitgich va sovutgichlar o‘rnatilib kelinmoqda. Ta’kidlash joiz institutning barcha o‘quv binolari bosqichma-bosqich zamonaviy isitish va sovutish tizimi bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.  Arizada shuningdek  talabaning  fakultet dekani tomonidan “izza” qilinishi xususidagi e’tirozlar keltirilgan. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha  fakultet dekani murojaatchi talabaga “bu masalada avvalmbor guruh rahbari yoki fakultet dekaniga murojaat qilish lozimligini, ulardan ma’lum bir javobni ololmagach yuqoriga murojaat qilishi mumkinligini, institut ma’ruza zallari katta bo‘lganligi bois ularni  sovutish uchun ham sotib olinadigan sovutgichlar katta mablag‘ talab qilishini, bu jarayon esa o‘zidan- o‘zi bir kun, yoki bir soatda hal bo‘ladigna jarayon emasligini balki tender orqali amalga oshishihaqida to‘liq  tushuncha bergan. Bu holatda  talabani kamsitish yoki uni tahqirlash holatlari kuzatilmagan.

 

Jizzax davlat pedagogika instiut i axborot xizmaти


Ulashish:
721
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.