Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/06/2024
Chop etish
“MUNIS” loyihasi ekspertlar guruhi Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

JDPUda “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni JDPU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘ayrat Qodirov ochib berdi. So‘zga chiqqan  Jahon banki ishchi guruhi, «MUNIS» loyihasi mutaxassislari, ilmiy loyihalar va biznes-startaplarni amalga oshirish bo‘yicha bir guruh xalqaro ekspertlar loyihaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

Dasturning asosiy maqsadi 2022/2026 yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun hududlardagi yosh olimlar, tadbirkorlar va o‘z startap g‘oyalariga ega yoshlarni loyihalarini amalga oshirishda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, hamda texnologiyalarni tijoratlashtirishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Loyiha, shuningdek, «MUNIS» loyihasining kichik tarkibiy qismlari uchun maqsadli auditoriyani kengaytirishga yordam beradi.

Loyiha doirasida 10-11 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan seminar treningning birinchi kunida inson kapitalini rivojlantirish,infratuzilmani yaratish, o‘zaro hamkorlik, innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash,sarmoyalarni jalb qilish va raqamlashtirish mavzulari muhokama etildi.

Fan, ta’lim va innovatsiyalar sohalarini rivojlantirishga xizmat qilib, mamlakatning demografik salohiyatini ochib berishga qaratilgan va amalda sinovdan o‘tib yo‘lga qo‘yilgan dasturdan iborat ushbu loyiha asosida o‘tkazilgan seminar-trening so‘ngida faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Seminar ertaga 11 iyun kuni o‘z ishini davom ettiradi.


Ulashish:
1 145
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.