Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

MUL’TIVIBIRATORNING TAJRIBADA QO’LLANILISHI.

B.Sultonov , Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, H.M.Umirov, A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Аннотация. Целью напицания данной статьи изичепйе физических основ мультивибираторов. Ключевые слова. Мультивибиратор, транзистор, кондeнсатор, резистор, источник петания. Annotation. The purpose of writing this article is to study the physical foundations of multivibrators. Key words. Mul’tivibrator, transistor, capacitor, resistor, power source. Annotatsiya: Ushbu maqolani yozishdan maqsad multivibiratorni fizik asoslarini o’rganish. Kalit so’zlari:Mul’tivibirator,transistor,kondensator,resistor, petaniya manbai.   O’rta ta’lim muassasalarining 11-sinf fizika darsligida tebranish konturida yuqori chastotali elektromagnet tebranishlar hosil bo’lishi, tebranishlar so’nmasligi uchun sarflanib ketgan energiyani batareya yordamida tebranish konturiga davriy ravishda berib turish kabi fizik jarayonlar o’rganiladi. Fizika darsligining  11-sinfinig 13-mavzusi aynan tranzistorli elektromagnit tebranishlar generatori va unda yuqori chastotali so’nmas elektromagnit hosil bo’lishini namoyish etuvchi generator chizmasi va generator ishlash prinsipi keltirilgan. Kafedramizda tashkil etilgan “ fizika ” to’garagida talabalarni nazariy bilimlarini amalda sinab ko’rish imkoniyati yaratilgan. Biz “ Fizika va uni o’qitish metodikasi “ kafedrasi qoshida tashkil etilgan “ Fizika “ to’garagida mul’tivibirator elektr sxemasi bilan tanishdik va ushbu sxema asosida mul’tivibiratorni yasash uchun kerakli qismlarni jamladik. Biz jamlagan mul’tivibirator elektr sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. To’g’ri burchakli kuchlanish impulslarining elektr generatoriga mul’tivibirator deyiladi. Ularning orasida simmetrik mul’tivibirator ikkita bir xil qismdan iborat.                         Rasmda- generatorni elektr zanjiridan ko’rinib turibdiki ularda bir xil tranzistorlar, bir xil qarshiliklar   Rk1=RK2      R1=R  va bir xil kondensatorlar  C1=Cishlatiladi. Lekin kuchlanish berilganda musbat teskari bog’lanish borligi uchun generatsiya jarayoni boshlanadi, ya’ni bitta tranzistorda tok ko’payganda, boshqasiga kamayadi. Masalan, VT, tranzistorda kollektor toki ortishi boshlanadi. Bu esa  R  kuchlanishning tushishini orttiradi va kollektorda musbat potensialning hosilasi yuz beradi. Lekin kondensator  C  da kuchlanish darhol o’zgara olmaydi. Shuning uchun bu potensial tranzistor  VT  asosiga qo’yiladi va uni yuta boshlaydi. Bunda kollektor toki  kamayib tranzistor  VT  ning  kollektorida manfiy potensialni orttiradi. Bu manfiy potensial kondinsator  C  orqali  VT  ning asosiga uzatilib uni tezroq ochishga harakat qiladi. Bu jarayon kuchsimon ravishda o’tadi va uning natijasida tranzistor  VT  ochiladi,    VT  esa yopiladi. Mul’tivibirator vaqtinchalik turg’un holatda o’tadi. Yuqorida tasvirlangan jarayonlar grafikda  t=0  vaqtga to’g’ri keladi. Bundan keyin kondensator C manbaning  + Ek dan boshlab tranzistor  VT  ning emitter-asos,  C, R ­– Ek  zanjir bo’yicha zaryadlanadi. Kondensator  C , rezistor R  va tranzistor  VT  orqali zaryadlanadi. Vaqtning  t  paytida kondensatorlarda kuchlanishning ishorasi o’zgaradi.  Bularning natijasida  tranzistor  VT  ochiladi, tranzistor  VT  yopiladi. Shunday qilib, mul’tivibirator bitta turg’un holatdan boshqasiga o’tib chiqish kuchlanishini hosil qiladi. Bu kuchlanishlar to’g’ri burchakli shaklda bo’ladi va ularni ixtiyoriy tranzistorning kollektoridan olish mumkin. Biz ishlab chiqqan mul’tivibiratorni maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabni boshlang’ich sinflari uchun qiziqarli o’yinchoqlar yasashda foydalansa maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin degan umiddamiz. Adabiyotlar:
  1. SH. Turdiyeva va boshqalar. “ Fizika “ 11-sinf, T. 2018-y.
  2. Sultanov “ Elektron jixozlar “ ma’ruza matn.
  3. “Qiziqarli fizika”. “O’qituvchi” . T. 1976-y.