Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/01/2018
Chop etish
“Milliy armiyamiz-mardlik va jasorat maktabidir

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi munosabati bilan “ Milliy armiyamiz-mardlik va jasorat maktabidir” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi munosabati bilan  “Milliy armiyamiz-mardlik va jasorat maktabidir” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tarix fakulteti dekani R.B.Yarmatov ochib berdi va o‘z so‘zida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5131-F-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy armiyamizga bo‘lgan qiziqish,  milliy armiyamiz-mardlik va jasorat maktabi ekanligini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilganligini va 2018-yilda fakultet jamoasi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.

Tabrik uchun so‘z tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Valiyevga berildi. U o‘z so‘zida, talaba-yoshlarni Vatanparvarlik ro‘hida tarbiyalash borasidagi tarixiy dalillarni, Tumaris, Shiroq, Spitamin va Jaloliddin  Manguberdi, Temur Malik  jasorati, Sohibqiron Amir Temurning yurtimizni mug‘ullar zulmidan ozod qilish borasidagi ishlari, Chor Rossiyasining mustamlakapchiligiga qarshi milliy ozodlik harakatlari va jadid mutafakkirlarining jasoratlari va ayniqsa mustaqillik yillarida mudofaa sohasida amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida qiziqarli dalillar keltirdi.

Shundan so‘ng fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilardan quyidagilarni  dekanat tomonidan tayyorlangan sovg‘a-salomlarni topshirdi:

Kistaubayev Saulbek -“ Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Xoliyev Farxod                 -“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti

Norbekov Jo‘rabek         -“Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi” kafedrasi dotsenti

Aripov Abdumalik    -“Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Jo‘rayev Otamurod           -“Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi

Xoshimxonov Mo‘min       -“Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi” kafedrasi dotsenti

Saidov Murod          -“Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi” kafedrasi mudiri

Pardayev Axror                 -“Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi

dotsenti

Valiyev Akbar                   -“Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi

katta o‘qituvchisi

Amanlayev Abdurasul       -“Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi

mudiri

Shundan so‘ng tadbir fakultet iqtidorli va havaskor talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va harbiy-Vatanparvarlikni o‘zida aks ettirgan sahna ko‘rinishlari bilan davom ettirildi.


Ulashish:
1 404
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...
JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.
Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.