Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bugun iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, IT Park Jizzax viloyat filiali, ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi mutaxassislari hamkorligida “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi doirasida iqtidorli talabalarning loyihalarini inkubatsion markazda yo‘naltirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet miqyosida tashkil etilgan loyihalar tanlovida ishtirok etgan va natijalarga erishgan talabalar o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi. Tadbir loyihalar katologi ishlab chiqildi va Steam pedagogik parkiga qo‘yildi. Aytish joizki, “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi avvalgilari singari yuqori saviyada tashkil etildi.