Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“MATEMATIKANI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan ilmiy anjuman ana shunday nomlandi. “Matematikani o‘qitishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy onlayn anjumanni Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov ochib berdi. “Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining asosiy vazifasi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalarga xalqaro andozalar asosida sifatli ta’lim berish, doimiy monitoring va uslubiy yordam ko‘rsatish, talabalarni doimiy ravishda zamonaviy matematik tadqiqotlar bilan tanishtirib borish, sohadagi erishilayotgan yutuqlar va ularning  fan va texnika rivojidagi ahamiyati, yangiliklarning ishlab chiqarishga joriy etish asosida barcha sohalarda taraqqiyotga erishishda matematika muhim o‘rin tutadi. Konferensiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dolzarbdir. Konferensiya dasturi matematikani o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari, matematika fanining istiqbollari hamda respublikamizning yetuk matematik olimlarining maktabini keng ommaga tanishtirish, pedagogika oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlarida matematika fanining boshqa fanlar bilan integrativ yondashuv masalalari, hisoblash matematikasi, mantiq, fizika va informatika, matematik tahlil va matematik fizika, algebra va sonlar nazariyasi, geometriya kabi fanlani o‘qitish nazariyasi va metodikasi bo‘limlardan iborat”- deydi institut rektori Sh.Sharipov Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan  ilmiy anjumanda  sohaga ixtisoslashtirilgan yurtimizdagi xorijiy oliygohlarning  nufuzli filiallari  professor – o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Qizg‘in bahs-munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda  matematika fani o‘qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish, tinglovchilarda matematikani o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq qilish, innovasiyalardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, matematika darslarida zamonaviy ta’lim vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, matematika fani nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi yutuqlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo‘llanishi bo‘yicha tadqiqotlar bilan tanishtirish borasida so‘z bordi.