JDPU Jizzax viloyatining ma’naviy va ma’rifiy qiyofasini belgilaydigan dargoh bo‘lishi kerak-deydi shoir va tarjimon Asror Mo‘min
«Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida universitetga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Asror Mo‘min, Shodi Otamurod va Mehri Abdurahmonovlar tashrif buyurishdi.
“Ma’rifat ulashib” loyiha doirasida respublikamizning barcha OTMlarida shoir va adiblar uchrashuvlari davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Loyiha doirasida taklif etilgan adiblar guruhi dastlab universitet rektori qabulida bo‘lishdi. Samimiy suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet rektori mehmonlarga ayni kunlarda 50 yillik tantanalarga tayyorgarlik ishlari va talaba yoshlarga xususan adabiyotga. Ijodga oshno bo‘lgan iqtidorli talabalarga yaratilgan sharoitlar tashkil etilganiga 3 yil to‘lgan “Izlanish “klubi faoliyati haqida hikoya qildi. Shundan so‘ng mehmonlar universitet Professorlar bog‘i”da tashkil etilgan badiiy-musiqiy kechaning mehmoni bo‘lishdi.
– Bugun juda bir katta anjumanning A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasining ishtirokchisimiz. Uchrashuvlarning debochasi aynan Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tishi bejiz emas. Chunki Jizzax viloyatiga ma’rifatni, ma’naviyatni aynan shu universitetning bitiruvchilari bo‘lajak pedagoglar tarqatadi. Uchrashuvga “izlanish” klubining adabiyotga, ijodga she’riyatga, tarjimaga. publitsistikaga qiziquvchi ijodkor talaba yoshlarning yig‘ilgani nur ustiga a’lo nur bo‘ldi. Nega deganingizda mana shu davrada aytilgan fikrlar, ezgu hoyalar zanjir kabi yoshlar ustozlar orqali butun viloyatga yetib boradi.-deydi shoir va tarjimon Asror Mo‘min.
“Professorlar bog‘i”da ya’ni ochiq osmon ostida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuv ishtirokchilar uchun betakror va unutilmas bir kecha bo‘ldi. Unda mehmonlar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib berish bilan bir qatorda bugung iuchrashuvlarning asl mohiyati biz orzu qilayotgan Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan ma’rifatli jamiyatni qurish va ushbu ulug‘ niyatni amalga oshirish ekanligin ta’kidlashdi.
-Ayni paytda oliygohimizda ilmiy, ijodiy va kitobxonlik muhiti hukm surib turibdi. Bugun respublikamizni bir qancha taniqli shoir va yozuvchilari universitetimizga tashrif buyurib o‘zlarining ijodi va ulug‘ shoirlarimizning namunalaridan o‘qib berishi. Bugungi uchrashuv ilmiy, ijodiy va publitsistik yo‘nalishlarda talabalarni ma’naviy tomondan o‘stirishga xizmat qilyapti desam xato qilmagan bo‘laman .- deydi Hilola Tilabova “Izlanish” klubi a’zosi, talaba
Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etish orqali aholi va yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida hafta davomida universitetga biriktirilgan umumta’lim maktablarda va talabalar turar joylarida turli uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etiladi.