E’lonlar
E’lonlar
|
29/09/2026
Chop etish
MALAKAVIY IMTIHON TOPSHIRUVCHILAR DIQQATIGA!

Jizzax davlat pedagogika universiteti ilmiy kengashiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha bir martalik dissertatsiya himoyalarini o‘tkazishga ruxsat berilgan:

Pedagogika yo‘nalishlari:

  • 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi;
  • 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha);
  • 13.00.03 — Maxsus pedagogika;
  • 13.00.06 — Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi;
  • 13.00.07 — Ta’limda menejment;
  • 13.00.08 — Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.

Filologiya yo‘nalishlari:

  • 10.00.01 — O‘zbek tili;
  • 10.00.02 — O‘zbek mumtoz adabiyoti;
  • 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik;
  • 10.00.13 — Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik;
  • 10.00.14 — XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon.
    13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti );

Malakaviy imtihon topshirishni rejalashtirgan ilmiy tadqiqotchilardan hujjatlarini 1–30-oktabr kunlari belgilangan tartibda taqdim etishlari so‘raladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Yo‘llanma xat — JDPU xodimlari uchun talab etilmaydi.
  2. Ariza.
  3. Dissertatsiya mavzusining OAK Byulletenida e’lon qilingan nusxasi. Mavzu OAK Byulletenida e’lon qilinmagan bo‘lsa, universitet Ilmiy kengashi yig‘ilishidan ko‘chirma taqdim etiladi.
  4. Tayanch doktoranturada (PhD) tahsil olayotgani va tahsil bosqichi haqida OTM yoki ITMdan ma’lumotnoma.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Malakaviy imtihon topshiruvchi haqidagi ma’lumotlar — elektron shaklda, Word formatida va lotin yozuvida.
  7. Ilmiy ishlar ro‘yxati — 3–4-shakl.

Muhim: Hujjatlar to‘liq va belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan holda qabul qilinadi. Ma’lumotlari to‘liq bo‘lmagan yoki talabga javob bermaydigan hujjatlar qabul qilinmaydi.

Hujjatlar qabul qilish vaqti: 09:00–17:00.

Murojaat uchun telefon: 72-226-68-11
Murojaatlar belgilangan ish vaqtida qabul qilinadi.


Ulashish:
283
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.