Tabiiy fanlar fakulteti faol talabalari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida seminar-trening tashkil qilindi.
Seminar trening davomida talabalarga korrupsiya tushunchasi, turlari, javobgarlik masalalari, ichki tartib qoidalarni, fan sillabuslari, dasturlarini bilmasligi natijasida ham ayrim akademik korrupsiyaning kelib chiqishi, korrupsion holatlarning sodir etishiga olib kelishi, prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi tanqidiy-tahliliy ma’ruzasi tushuntirildi. Shuningdek, » Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha tushunchalar berildi.

