Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ushbu bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar ikkinchi bosqich — Zakovat intellektual bellashuvida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
Ikkinchi bosqichda talabalarga “Alkimyogar” va “Kafansiz Ko‘milganlar Asrlari” mavzulari bo‘yicha qiziqarli va bilimga boy savollar taqdim etildi. Jami 8 ta jamoa o‘zaro tezkor fikrlash va strategik bilim borasida bellashdi.





Turnir yakunida g‘oliblar quyidagicha aniqlanishdi:
-
1-o‘rin: Universe jamoasi
-
2-o‘rin: Everest jamoasi
-
3-o‘rin: Renesans jamoasi








Talabalar nafaqat bilimlarini sinab ko‘rish, balki yangi bilimlar olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. Universitet rahbariyati bunday intellektual musobaqalarni muntazam o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
