Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/05/2018
Chop etish
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish

“Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarga erishishimizning muxim kafolatidir” shiori ostida o’tkazilgan “kitob bayrami”

Jizzax davlat pedagogika institutida Jizzax viloyat xokimining 2018 yil 21-maydagi 01-983 “O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining 2018 yil 18-maydagi “Respublika Kitob bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 01-01/1-2326-sonli yig’ilish bayoni ijrosini ta’minlagan holda, 2018 yil 24-25-may kunlari tumanlarda va Jizzax shahridagi “Xamid Olimjon va Zulfiya” xiyobonida  “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarga erishishimizning muxim kafolatidir” shiori ostida o’tkazilgan “kitob bayrami” tadbirlari yuqori saviyada o’tkazilmoqda. Bugun 24-may kuni Jizzax shahridagi “Xamid Olimjon va Zulfiya” xiyobonida  “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarga erishishimizning muxim kafolatidir” shiori ostida  “kitob bayrami” tadbirlari bo’lib o’tdi. Tadbirda bizning institut ya’ni Jizzax davlat pedagogika instituti raxbariyati, axborot-resurs markazi jamoasi, professor-o’qituvchilar va talaba yoshlar qatnashishdilar. Xususan Jizzax davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakulteti  professor-o’qituvchilar va talaba yoshlari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi”, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon maktab”, “Yosh kitobxon” tanlovlari g’oliblarini taqdirlash ma’rosimi ham bo’lib o’tdi. “Kitob bayrami” ertaga ham davom etadi.


Ulashish:
1 297
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.