Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/01/2026
Chop etish
“Kitobxon talaba” tanlovining navbatdagi bosqichi boshlandi.

“Kitobxon talaba” tanlovining navbatdagi bosqichi rasman boshlandi. Ushbu bosqich dekabr oyida talabalarga taqdim etilgan adabiyotlar asosida tashkil etilib, bilim va kitobxonlik saviyasini aniqlashga qaratilgan test jarayonlari orqali o‘tkazilmoqda.

Test sinovlari kunning ikki qismida — soat 10:00 va 14:00 da universitetning Axborot-resurs markazi (ARM) binosida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqich yakunlariga ko‘ra, har bir fakultetdan eng yuqori ball to‘plagan 6 nafar faol kitobxon talaba tanlovning keyingi — “Zakovat” bosqichiga yo‘llanma oladi.

Eslatib o‘tamiz, “Zakovat” bosqichida g‘olib va sovrindorlar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: — 1-o‘rin: 3 000 000 so‘m — 2-o‘rin: 2 400 000 so‘m — 3-o‘rin: 1 800 000 so‘m

Tanlov O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin”, Stiven Richard Kovining “Muvaffaqiyatga erishishning 7 yo‘li”, Lev Tolstoyning “Bolalik” hamda Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Mungli ko‘zlar” asarlari asosida tashkil etildi.


Ulashish:
1 274
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.