Xabaringiz bor 14 iyuldan beri Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududi talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar, ularning yaqinlari bilan gavjum. Bugun test jarayonlaring yettinchi kuni. Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari test jarayonlariga qatnashadigan abituriyentlarning kirishlarida tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilishmoqda.Mavluda Umarqulova bugun kelinini qo‘llab-quvvatlash uchun unga hamroh bo‘lib kelgan.
Qo‘lidagi 4 oylik chaqalog‘i bilan imtihon topshirishga kelgan Madina omad unga kulib boqishiga qattiq ishonadi. Chunki uni qo‘llab-quvalaydigan oilasi va qaynonasi bor. Abituriyentlar uchun hayajonli lahzalar boshlandi. Hudud atrofida ularni umid bilan yaqinlari, do‘stlari kutib turishibdi. Biz esa farzandlaridan kam bo‘lmagan hayajon bilan, ularga omad tilab turgan ota–onalarni suhbatga tortamiz.Maqsuda opaning ikki nafar nevarasi bugun test sinovlarini topshirgani kelishgan. IT sohasini kelajakda mukammal egallash niyatida bo‘lgan yoshlar bobo va buvilarining qo‘llab quvvatlovi bilan bilim olish uchun astoydil intilishdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti faol yoshlari farzandlarini qo‘llab quvvatlash uchun kelgan ota-onalarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazishdi. Universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturlar, kuylangan kuy va qo‘shiqlar farzandlariga ruhiy dalda berish uchun kelgan ota-onalarning kayfiyatini ko‘tardi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Universitet ma’muriyati tomonidan 20234/2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini fikrlari, mavjud muammo va takliflarini o‘rganishish maqsadida tashkil etilgan so‘rovnomalarda asosan «Test topshirish jarayonida ota-onalarga yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtiradimi?», «Bu yil nechanchi farzandingiz test sinovlarida ishtirok etmoqda?», «farzandingiz o‘qishga kirishi uchun davlat tomonidan qanday imtiyozlar berilishini xohlaysiz?»,«Sizningcha ayni paytda korrupsion yo‘l bilan OTMlarga kirish mumkinmi?» mavzulari qamrab olingan. Abituriyentlarning ota-onalari uchun maxsus tashkil etilgan ushbu ijtimoiy so‘rovnomalar test sinovlarining so‘nggi kunigacha o‘tkaziladi.