Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/12/2025
Chop etish
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.

Tadbir talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirish hamda oliy ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Festivalda Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax politexnika instituti huzuridagi talabalar teatr studiyalari ishtirok etdi. Jamoalar Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim”, Said Ahmadning “Ufq” va Usmon Azimning “Ular odam emaslar” asarlari asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshalarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Ular odam emaslar” spektakli yuqori baholanib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga, uchinchi o‘rin esa Guliston davlat universiteti va Jizzax politexnika institutiga nasib etdi.

Shuningdek, alohida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi ijrochilar va ijodkor rahbarlar e’tirof etildi. Quvonarlisi Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Farhod Qo‘shnazarov. “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi sohibi bo‘ldi.

Mazkur festival talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
3 081
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.