Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/08/2025
Chop etish
Jizzaxda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlandi.
Jizzax shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur ko‘rgazma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyat bosh boshqarmasi va “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida tashkil etildi.

Ishtirokchilar va mehmonlar “Kelajakka qadam” kasb yarmarkasi bilan yaqindan tanishib, turli pavilyonlar bo‘ylab taqdim etilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi. Ko‘rgazmada bitiruvchilar uchun ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha keng ko‘lamli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan mehmonlar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib, bunday ko‘rgazmalar yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Tadbir Jizzax shahridagi universitet binosining asosiy sahnasida bo‘lib o‘tmoqda.

Bandlik – bugunning eng muhim masalasi. Bitiruvchilarni munosib mehnat bozoriga yo‘naltirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali yoshlar kelajagini yanada porloq qilish mumkin. Shu boisdan, “TalabaExpo – 2025” nafaqat kasb ko‘rgazmasi, balki yoshlarga ishonch va imkoniyatlar maydoni sifatida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.


Ulashish:
2 837
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.