Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2025
Chop etish
Jizzaxda “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

2025-yil 11-oktyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazida O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, Jizzax viloyat hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov iqtidorli va fidoyi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, ularni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni JDPU prorektori Anora Jabborova kirish so‘zi bilan ochib, xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirishda bunday tanlovlarning ahamiyatini ta’kidladi. Viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Normurodova xotin-qizlar o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda ularning jamiyatdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Tanlov 3 ta shart bo‘yicha o‘tkazilib, ishtirokchilarning taqdimot va videolavhalari professor S.S. Murodova, dotsentlar A.J. Jabborova va N.E. Soliyevalar tomonidan baholandi.

Natijalarga ko‘ra, JDPUdan Ravshanova Adolat Ravshan qizi, Jizzax politexnika institutidan Axadova Komila Said qizi, shuningdek Jizzax Sambhram universiteti, O‘zMU Jizzax filiali va Qozon federal universiteti filiali vakillari yuqori natijalarga erishdilar.


G‘olib va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tanlov yuqori ilmiy-amaliy saviyada o‘tdi.


Ulashish:
2 536
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.