Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwon University bilan hamkorlikda “Global Citizenship Workshop” nomli xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir xalqaro akademik va madaniy hamkorlik doirasida o‘tkazilib, unda Janubiy Koreyadan 10 nafar talaba hamda Jizzax davlat pedagogika universitetidan 10 nafar talaba ishtirok etmoqda. Seminar-trening global fuqarolik, Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs), fuqarolik ishtiroki hamda madaniy meros yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

Workshopning birinchi kuni ochilish marosimi bilan boshlandi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ishtirokchilarga tabrik so‘zlari yo‘llandi. Shundan so‘ng talabalar o‘rtasida tanishuv, “ice-breaking” mashg‘ulotlari hamda umumiy suratga olish jarayoni tashkil etildi.

Kun davomida universitet kampusi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazilib, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida barqarorlikka oid kuzatuvlar amalga oshirildi. Ishtirokchilar o‘z kuzatuvlari asosida ochiq muhokamalarda qatnashib, fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun, JSPU–KWU Global Citizenship Workshop uch kun davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastur doirasida talabalarning ilmiy-amaliy, madaniy va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan qator mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilangan.


Ulashish:
338
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tashkil etildi.
2025/2026 o‘quv yili bakalavriat “Maktabgacha ta’lim” (kechki ta’lim) yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi 2026-yil 27-yanvar kuni o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwon University bilan hamkorlikda “Global Citizenship Workshop” nomli xalqaro seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir xalqaro akademik va madaniy hamkorlik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan umummilliy so‘rovnoma bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor ta’lim sifatini baholashga qaratilgan umummilliy so‘rovnoma doirasida professor-o‘qituvchilar va...