Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Kyungwon University bilan hamkorlikda “Global Citizenship Workshop” nomli xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir xalqaro akademik va madaniy hamkorlik doirasida o‘tkazilib, unda Janubiy Koreyadan 10 nafar talaba hamda Jizzax davlat pedagogika universitetidan 10 nafar talaba ishtirok etmoqda. Seminar-trening global fuqarolik, Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs), fuqarolik ishtiroki hamda madaniy meros yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

Workshopning birinchi kuni ochilish marosimi bilan boshlandi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ishtirokchilarga tabrik so‘zlari yo‘llandi. Shundan so‘ng talabalar o‘rtasida tanishuv, “ice-breaking” mashg‘ulotlari hamda umumiy suratga olish jarayoni tashkil etildi.

Kun davomida universitet kampusi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazilib, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida barqarorlikka oid kuzatuvlar amalga oshirildi. Ishtirokchilar o‘z kuzatuvlari asosida ochiq muhokamalarda qatnashib, fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Ma’lumot uchun, JSPU–KWU Global Citizenship Workshop uch kun davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastur doirasida talabalarning ilmiy-amaliy, madaniy va fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan qator mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilangan.


Ulashish:
1 532
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...