Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Universitet stipendiyasi” imtihoni tashkil etildi.

2025-yil 3-oktyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetining Inkubatsiya markazida “Universitet stipendiyasi”ga talabgor nomzodlar uchun ma imtihon bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonning asosiy maqsadi — talabalarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi bilimlarini, ma’naviy-axloqiy qarashlarini va huquqiy savodxonlik darajasini chuqur baholashdan iborat bo‘ldi.

Imtihon og‘zaki shaklda o‘tkazilib, unda ishtirokchilardan:

  • nazariy bilimlar,

  • dolzarb ijtimoiy-siyosiy voqealarga shaxsiy munosabat,

  • huquqiy masalalarni tahlil qila olish ko‘nikmalari,

  • mustaqil va erkin fikrlash salohiyati sifat jihatdan sinovdan o‘tkazildi. Ushbu jarayon nafaqat talabalar bilimini baholash, balki ularning ijtimoiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish va yoshlarni Vatan ravnaqi yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.


  • “Universitet stipendiyasi” uchun o‘tkazilgan mazkur imtihon iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 988
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.