2025-yil 3-oktyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetining Inkubatsiya markazida “Universitet stipendiyasi”ga talabgor nomzodlar uchun ma imtihon bo‘lib o‘tdi.
Mazkur imtihonning asosiy maqsadi — talabalarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi bilimlarini, ma’naviy-axloqiy qarashlarini va huquqiy savodxonlik darajasini chuqur baholashdan iborat bo‘ldi.




Imtihon og‘zaki shaklda o‘tkazilib, unda ishtirokchilardan:
-
nazariy bilimlar,
-
dolzarb ijtimoiy-siyosiy voqealarga shaxsiy munosabat,
-
huquqiy masalalarni tahlil qila olish ko‘nikmalari,
-
mustaqil va erkin fikrlash salohiyati sifat jihatdan sinovdan o‘tkazildi. Ushbu jarayon nafaqat talabalar bilimini baholash, balki ularning ijtimoiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish va yoshlarni Vatan ravnaqi yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

-

-

-

-

“Universitet stipendiyasi” uchun o‘tkazilgan mazkur imtihon iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
