Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini samarali ta’minlashda nodavlat-notijorat tashkilotlarning o‘rni” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirni universitetning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori ochib berdi. Seminar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda universitet Jamoatchilik kengashi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminar «Jamoatchilik kengashi nima va uning vazifalari nimadan iborat?» degan savollarga javob berish bilan boshlandi. Seminar mehmoni — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova bo‘lib, u tadbirni noodatiy va interaktiv usulda olib bordi. Moderator ishtirokchilarni 7 ta guruhga ajratib, har bir guruh bilan alohida ish olib bordi.

Seminar davomida “Ta’lim — 2030” konsepsiyasi asosida jamoatchilik tashkilotlarining vazifalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishda ularning o‘rni, oliy ta’lim muassasalari va nodavlat-notijorat tashkilotlar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Seminar yakunida universitet Jamoatchilik kengashi raisi A.Shamisiyev so‘zga chiqib, oliygohda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tdi.


Ulashish:
950
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.