Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/09/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida shaxmat musobaqasi.

1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida universitet rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Shaxmat musobaqalarida ishtirokchilar o‘z mahoratlari, zukkoligi va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar. Bu esa universitet jamoasi nafaqat jismoniy jihatdan, balki aqliy salohiyat borasida ham yetuk ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Bellashuvlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda


Ulashish:
1 264
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.