Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbek tili bayrami tantanali nishonlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36-yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat saroyida o‘tkazilgan mazkur tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Farrux Akchayev ochib berdi. U o‘z nutqida barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, ona tilimizning betakror jozibasi, uning milliy g‘ururimiz va ma’naviy qadriyatlarimiz timsoli ekanligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Filologiya fakulteti “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri Xurshid Muhammadiyev “Ona tilim — faxrim” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, uning tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan ona tilimizning go‘zalligini ulug‘lovchi she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Zal ishtirokchilari ularning chiqishlarini qiziqish bilan tingladilar.

 

Bayramning tantanali qismi doirasida “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Ona tilimiz — faxru g‘ururmiz” mavzusidagi esse hamda “Eng yaxshi she’r” tanlovlari g‘olib va faol ishtirokchilari faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir konsert dasturi bilan yakunlandi. Universitet ijodkor talaba-yoshlari va ustozlarining chiqishlari bayramga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.


Ulashish:
1 147
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.