Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniylardan talabalarga kitob sovg‘asi” nomli xayrli aksiya tashkil etildi.

Ushbu tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ayniqsa, universitetda faoliyat yuritayotgan 55 yosh va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur aksiya yoshlarga ilmiy va badiiy adabiyotlarni yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.

Aksiya doirasida boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Umirzoq Jumanazarov o‘z shaxsiy kutubxonasidan 14 nomdagi jami 600 dona monografiya, o‘quv qo‘llanma va lug‘atlarni universitet Axborot-resurs markaziga taqdim etdi.

Ushbu kitoblar pedagogika, filologiya va boshlang‘ich ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qimmatli manba bo‘lib, ularning bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
42
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniylardan talabalarga kitob sovg‘asi” nomli xayrli aksiya tashkil etildi.
Ushbu tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ayniqsa, universitetda faoliyat yuritayotgan 55 yosh va undan...
“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda 40 dan ortiq talaba o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. . Talabalar o‘z g‘oyalarini hay’at a’zolariga taqdimot shaklida taqdim etdilar.