Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/04/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida  mehnat jamoasining  konferesiyasi  bo‘lib o‘tdi.

Universitet majlislar zalida  bo‘lib o‘tgan jizzax davlat pedagogika universiteti  mehnat jamoasining  konferesiyasida asosiy masala qilib, Jizzax davlat pedagogika universiteti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallab  tuzilgan  jamoa shartnomasining  2022  yilda bajarilishi va 2023 -2025 yillar uchun yangitdan tuzilgan jamoa shartnomasi loyixasi  muxokamasi ko‘rildi. Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining jizzax viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Qodirov Baxrullo Qodirovich va boshqa ma’sullar ishtirok etishdi.

Konferensiyada universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalardan saylangan  delegatlar qatnashdi. Unda Jizzax  davlat pedagogika universiteti ma’muriyati va universitet kasaba  uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021 – 2023 yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa Shartnomasining 2022 yilda bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlari  eshitildi. Xisobotda  xar ikkala taraflar tomonidan Jamoa shartnomasiga kiritilgan barcha  bo‘limning xar-bir  bandlari bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar xaqida to‘liq ma’lumot berildi. Konferensiya kun tartibiga  binoan jamoa shartnomasida belgilangan bandlarning bajarilishi bo‘yicha ishchi guruhning axboroti  eshitildi va jamoa shartnomasining 2022 yilda xar ikkala taraflar tomonidan bajarili qoniqorli deb topildi.

Konferensiya kun tartibining navbatdagi masalasi muxokomasida  2023-2025 yillarga yangitdan tuzilgan jamoa shartnomasi loyixasining xar-bir bandini yig‘ilish qatnashchilariga   kasaba uyushma ko‘mitasi raisi Majidov Jahongir Maxmudovich o‘qib eshitdirdi va bu loyixa bo‘yicha ekspert xulosasi bilan tanishtirdi. Ekspert komissiyasining yakuniy xulosasiga  ko‘ra ushbu jamoa shartnomasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mexnat kodeksi hamda tarmoq kelishuvi talablariga mos keladi va u mexnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muxokama etish hamda maqullashga tavsiya etilganligi aytildi.

2023-2025 mo‘ljallangan jamoa shartnomasi ma’qullandi. Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Qodirov  Baxrullo Kodirovich so‘zga chiqdi.Berilgan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.

 

 

 

 


Ulashish:
897
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.
JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...