Jizzax davlat pedagogika universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda globallashuv sharoitida mafkuraviy tahdidlar, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mavzuga oid ijtimoiy videorolik namoyish etildi hamda mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.



So‘zga chiqqanlar yoshlarda mustaqil fikrlash, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini anglash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Shuningdek, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan ekstremistik ruhdagi materiallardan ehtiyot bo‘lish zarurligi qayd etildi.


Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
