Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash – davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirish, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga qarshi kurashishda ogohlikni oshirishga qaratildi.

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari A.S. Mamadaliyev va B.Z. Mahmudov, shuningdek universitet rahbariyati vakillari talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ma’rifatning jaholatga qarshi eng kuchli qurol ekanini ta’kidlashdi.

Shuningdek, yoshlar orasida diniy savodxonlikni oshirish, aqidaparastlikning paydo bo‘lish sabablari va uning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan fikrlar bildirildi. Radikal oqimlarning asosan diniy bilimi yetarli bo‘lmagan yoshlarni nishonga olayotganini qayd etishdi.

Uchrashuvda talaba yoshlar globallashuv sharoitidagi mafkuraviy xatarlar, internetdagi manipulyativ axborotlar hamda terroristik guruhlarning tuzoqlari haqida ogohlantirilib, yoshlarning mustaqil fikrlashi va hushyorligi muhimligi alohida urg‘ulandi.

Tadbir davomida talabalar mutaxassislarga savollar berib, diniy va dunyoviy bilimlarni to‘g‘ri manbalardan olish, radikal g‘oyalarning asl mohiyatini tushunish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni mafkuraviy xatarlaridan himoya qilish hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
1 667
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU mezbonligida “Guest Lecture Series-2025”ning 17-qismi o‘tkazildi.
Samarqand tilshunoslik va adabiyot markazi (SLLC), Silk Road Research Academy hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Guest Lecture Series” loyihasining 17-qismi joriy yilning...
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi  o’rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Universitetda “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi tashkil etildi.