Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, huquqshunoslar, profilaktika inspektorlari, psixologlar, professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etishdi. Shuningdek, yig‘ilishda Jizzax viloyati Jizzax shahar IIB tergov boshqarmasi tergovchisi, leytenant H.Ibragimov hamda Jizzax viloyati Jizzax shahar IIB Zargarlik MFY profilaktika inspektori, leytenant Sh.Me’rojov ishtirok etib, masalaning huquqiy jihatlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan mas’ullar pedagog va xodimlarning huquqiy hamda axloqiy mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Ayniqsa, erkak pedagoglarning talaba-qizlar bilan muloqotida kasbiy etika, xizmat mavqeidan to‘g‘ri foydalanish, shilqimlik va tegajoqlik kabi holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday xatti-harakatlarning huquqiy oqibatlari, jumladan ma’muriy javobgarlik va mehnat munosabatlarining muddatidan oldin bekor qilinishi mumkinligi qayd etildi.

Mutaxassislar tomonidan masalaning ijtimoiy va psixologik jihatlari ham atroflicha tahlil qilindi. Ta’kidlanishicha, har qanday tazyiq yoki zo‘ravonlik talaba-qizlarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ta’lim sifatiga ham putur yetkazadi. Shu bois ta’lim jarayonida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va murojaat mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish muhim vazifa sifatida belgilandi.

Yig‘ilish yakunida universitetda xavfsiz va hurmatga asoslangan ta’lim muhitini mustahkamlash, pedagoglarning kasbiy etikasi va xizmat intizomini kuchaytirish, zo‘ravonlikka nisbatan nol darajadagi murosasizlik tamoyilini qat’iy joriy etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda muntazam davra-suhbatlar, treninglar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni davom ettirish belgilab olindi.


Ulashish:
34
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida erkak pedagoglarning kasbiy etikasi muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Erkak pedagoglarning kasbiy etikasini mustahkamlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, huquqshunoslar, profilaktika inspektorlari, psixologlar, professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha...
“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.