Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/09/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov oliygoh majlislar zalida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi diplomati Linda Nyugen; taʼlim bo‘yicha koordinator Jamila Nasriddinova, hamda ingliz tili o‘qituvchi assistentlari Xolli Makferlayn va Samuel Kendrik bilan uchrashdi. Davra suhbati mobaynida har ikki tashkilot hamkorligi va istiqbolli rejalari borasida suhbat olib borildi. Shuningdek, Sh.Sharipov JDPU va Amerikaning nufuzli oliygohlari bilan aloqalarini yo‘lga qoyish borasidagi takliflarni ilgari surdi. Elchixona vakillari ushbu taklif doirasida o‘z fikrlarini bildirdi.

So‘ngra 2023-2024 o‘quv yili mobaynida Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasida o‘qituvchi asistent vazifasida o‘z faoliyatini olib boruvchi Xolli Makferlayn bilan yaqindan tanishilib, uning ish tartibi borasida fikr almashildi. Samuel Kendrik esa JDPU qoshidagi akademik litseyda faoliyat olib borilishi taʼkidlandi

. Ushbu mutaxassislar yordamida talabalarimizning ingliz tilidagi bilimlarini yanada mustahkamlash va ularga “til egasi” bilan muloqot qilish imkoniyati yaratilganligi, buning natijasida ularning ingliz tilida muloqot jarayonida o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga erishish mumkinligi taʼkidlandi. Uchrashuv mazmunli va samarali tarzda yakunlandi. So‘ngra mehmonlar Xorijiy tillar fakulteti va Akses xonasiga tashrif buyurdi.


Ulashish:
697
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...