Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/12/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi o’rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori M.Yuldashev ochib berdi.

 

Uchrashuvda universitet va maktab rahbarlari, prorektorlar, xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Tomonlar ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va “Ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, xorijiy o‘qituvchilarni universitet ta’lim jarayoniga jalb etish, fan o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etish va o‘quvchilarni olimpiada hamda tanlovlarga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Jizzax davlat pedagogika universiteti va Prezident maktabi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi, universitet va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida esa memorandum imzolandi.


Ulashish:
148
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU mezbonligida “Guest Lecture Series-2025”ning 17-qismi o‘tkazildi.
Samarqand tilshunoslik va adabiyot markazi (SLLC), Silk Road Research Academy hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Guest Lecture Series” loyihasining 17-qismi joriy yilning...
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi  o’rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori M.Yuldashev...
Universitetda “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida “Ideaton O‘zbekiston–2030” startap loyihalar tanlovi tashkil etildi.