Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari Buxoroda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erishdi.

Joriy yilning 26-28-yanvar kunlari Buxoro shahrida “Buxoro xalqaro kimyo olimpiadasi – 2026” hamda “Buxoro xalqaro matematika olimpiadasi – 2026” xalqaro olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan ushbu xalqaro olimpiadada 10 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Xususan, Ozarbayjon, Hindiston, Iordaniya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoydan tashrif buyurgan 100 dan ortiq jamoa, jami 500 nafardan ziyod talabalar qatnashdi.

Ushbu olimpiadada Jizzax davlat pedagogika universitetidan 8 nafar talabalar ishtirok etib, 1 ta oltin hamda 6 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Sovrindlar bilan tanishing:

Kimyo fanidan:

  1. Uzoqov Lazizbek O‘ktam o‘g‘li – Oltin medal

  2. Raxmanov Saidvali Botir o‘g‘li – Kumush medal

  3. Nazirov Abdullajon Uchqunjon o‘g‘li – Kumush medal

Matematika fanidan:

  1. Nasrullayeva Dilshoda Jo‘raqul qizi – Kumush medal

  2. O‘lmasov Javohir Narzulla o‘g‘li – Kumush medal

  3. Yaxshilikova Xilola Qobil qizi – Kumush medal

  4. Ergasheva Fazilat Anvar qizi – Kumush medal


Ulashish:
1 766
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Nuroniylar” kengashi va Jizzax shahar Nuroniylar kengashi huzuridagi “Buvijonlar maktabi” hamkorligida Amir Temur tavalludining 690-yilligi oldidan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzaxda bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o’quvchilar va yugurish ishqibozlari ishtirokida bahorgi “Talaba – yugur” marafoni bo‘lib o‘tdi.
JDPUda “Talaba – yugur” bahorgi marafoniga start berildi.
7-aprel kuni soat 07:00 da “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.