Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori mahallalardan kelgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Bugun universitetga biriktirilgan Zargarlik, Sayiljoyi va Toshloq mahallalaridan 32 nafar yosh bilan universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida rektor har bir yosh bilan alohida suhbatlashdi.

Suhbatda yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi. Asosiy maqsad yoshlarning muammolarini tinglash va ularga aniq yechim taklif etishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilardan biriga universitetda ish taklif etildi, tadbirkorlikni boshlash arafasida turgan yoshga esa amaliy maslahatlar va imtiyozli kredit olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur ishlar Yoshlar agentligining shahar bo‘limi rahbari Farzona Adilova bilan hamkorlikda davom ettirilishi belgilandi.


Ulashish:
2 331
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.