Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarning Zominga sayohati davom etmoqda.

Bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar joriy yilning 28-fevral – 1-mart kunlari “O‘zbekistonning Shveysariyasi” sifatida e’tirof etiladigan Zomin tumaniga sayohat uyushtirdilar.

Ishtirokchilar Zomin turistik-rekreatsion zonasi hududida, “Suffa” tekisligida barpo etilgan zamonaviy mehmonxonaga joylashib, tog‘ bag‘rida mazmunli dam oldilar. Tonggi musaffo havo, qorli cho‘qqilar va archazorlar bag‘ridagi betakror manzaralar barchada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.

Sayohat davomida jamoa a’zolari dor yo‘li orqali balandlikka ko‘tarilib, tabiatning go‘zal manzaralarini tomosha qildilar. Yashil archazorlar va uzoqqa cho‘zilgan tog‘ silsilalari ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Tabiat qo‘ynidagi samimiy suhbatlar, do‘stona muloqot va xotira uchun olingan suratlar sayohatga alohida fayz bag‘ishladi. Ushbu tashrif nafaqat maroqli dam olish, balki jamoa birdamligini mustahkamlash, ruhiy ozuqa olish imkonini ham yaratdi.

 


Ulashish:
291
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi Isroilova Sanam 70 yoshni qarshiladi.
Isroilova Sanam 1994-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1975–1979-yillarda Samarqand viloyati Payariq tumani kutubxonasining o‘quv zali mudirligidan boshlagan.
Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarning Zominga sayohati davom etmoqda.
Bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar joriy yilning 28-fevral – 1-mart kunlari “O‘zbekistonning Shveysariyasi” sifatida e’tirof etiladigan Zomin tumaniga sayohat uyushtirdilar. Ishtirokchilar Zomin turistik-rekreatsion zonasi hududida,...
“Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” universiteda o‘tkazilgan psixologik aksiya ana shunday nomalndi.
Bugun universitetimizda Pedagogika-psixologiya hamda Inklyuziv ta’lim fakultetlari talabalari ishtirokida “Biz kelajagimizga befarq emasmiz!” nomli psixologik aksiya yuqori kayfiyat va faollik ruhida tashkil etildi.