Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarning Zominga sayohati davom etmoqda.

Bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar joriy yilning 28-fevral – 1-mart kunlari “O‘zbekistonning Shveysariyasi” sifatida e’tirof etiladigan Zomin tumaniga sayohat uyushtirdilar.

Ishtirokchilar Zomin turistik-rekreatsion zonasi hududida, “Suffa” tekisligida barpo etilgan zamonaviy mehmonxonaga joylashib, tog‘ bag‘rida mazmunli dam oldilar. Tonggi musaffo havo, qorli cho‘qqilar va archazorlar bag‘ridagi betakror manzaralar barchada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.

Sayohat davomida jamoa a’zolari dor yo‘li orqali balandlikka ko‘tarilib, tabiatning go‘zal manzaralarini tomosha qildilar. Yashil archazorlar va uzoqqa cho‘zilgan tog‘ silsilalari ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Tabiat qo‘ynidagi samimiy suhbatlar, do‘stona muloqot va xotira uchun olingan suratlar sayohatga alohida fayz bag‘ishladi. Ushbu tashrif nafaqat maroqli dam olish, balki jamoa birdamligini mustahkamlash, ruhiy ozuqa olish imkonini ham yaratdi.

 


Ulashish:
1 483
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitet doktorantlari uchun seminar-trening o‘tkazildi
“Youth, Vision, and Success: What History and Modern Innovators Teach Us” mavzusida bo‘lib o‘tgan seminar-trening professor Azamat Akbarov tomonidan olib borildi.
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi finalchilari aniqlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi mavsumi uchun final bosqichiga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi Bugungi qizg‘in bahsda Tabiiy fanlar fakultetining...
“Geografiya ta’limini modernizatsiyalash sharoitida yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “Aydarko‘l Resort” majmuasida bo‘lib o‘tgan mazkur anjuman geografiya ta’limining bugungi holati, ustuvor yo‘nalishlari hamda global...