Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/07/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi Buyuk Britaniyada ilmiy stajirovka o‘tamoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, dotsent Jabborova Anora O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan xalqaro ilmiy stajirovka tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov natijasida u hozirda Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Portsmut universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda. Mazkur stajirovka Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan. Loyiha O‘zbekiston olimlari va tadqiqotchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ilg‘or tajriba va innovatsion yondashuvlarni respublikamiz oliy ta’lim tizimiga joriy etishni maqsad qilgan.

Portsmut universitetidagi stajirovka davomida dotsent Jabborova xorijiy ilmiy tajriba, zamonaviy tadqiqot metodlari, ta’limda innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, u Buyuk Britaniyada ta’lim tizimining tashkil etilishi, ilmiy izlanishlarni rejalashtirish, hamda pedagogik innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha chuqur amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.

Ushbu stajirovka nafaqat professor-o‘qituvchining ilmiy malakasini oshirishga, balki Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro miqyosdagi ilmiy aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Yangi akademik hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ta’lim strategiyalarini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida qo‘llashda ham bu tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.Ilmiy stajirovkalar orqali yosh olim va tadqiqotchilarni rag‘batlantirish, innovatsion ilmiy loyihalarni ilgari surish va O‘zbekistonning xalqaro ilmiy maydondagi mavqeini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.


Ulashish:
2 335
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.