E’lonlar
E’lonlar
|
28/10/2025
Chop etish
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA QO’SHIMCHA QABUL ASOSIDA O’QISHINGIZ MUMKIN.

2025/2026 o’quv yili uchun magistratura mutaxassisligida qo’shimcha qabul asosida o’qish istagida bo’lgan talabgorlar quydagi tartibda murojaat qilishlari zarur bo’ladi.

✅1-qadam. O’qish istagida bo’lgan talabgor Jizzax davlat pedagogika universiteti magistratura bo’limiga shaxsan o’zi kelib murojaat qilishi va o’rnatilgan tartibda barcha hujjatlarini taqdim etishingiz kerak:

✅2-qadam. Talabgor kontrakt.edu.uz saytiga kirib o’zining shaxsiy kabinetidan to’lov-kontrakt shartnomasini olish uchun ariza yuborishi va shu sayt orqali shartnomani yuklab olishingiz lozim:

✅3-qadam. Talabgor kontrakt.edu.uz saytidan yuklab olingan shartnomada ko’rsatilgan summaning 50% miqdorini o’ziga ma’qul bo’lgan bank orqali 2025-yil 31-oktyabrgacha to’lovni amalga oshirishi va bankdan berilgan to’lov ma’lumotnoma nusxasini magitratura bo’limiga taqdim etish zarur:

Har 3 ta qadamlarni bajargan talabgor universitetning magistratura bo’limida talaba bo’lib o’qishini ma’lum qilamiz.

👉Izoh; hurmatli magistratura mutaxassisligida o’qish istagida bo’gan talabgorlar kontrakt-to’lovlarni amalga oshirishning oxirgi muddati 2025-yil 31-oktyabr (shu kuni ham) kuni ekanligi haqida ogohlantiramiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 94-343-01-44,
50-515-17-72,
94-340-00-06


Ulashish:
2 952
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.