Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/02/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada fakultet sex tashkilotlaridan saylangan 39 nafar delegatning barchasi ishtirok etdilar.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari A.R.Ixtiyorov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Jizzax viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Q.Qodirov, Universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.I.Nazarqosimov, shuningdek viloyat ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining tuman (shahar) tashkilotlari kengashlari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra Universitet boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining o‘tgan 5-yillik hisobot davridagi faoliyati bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan universitet boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga Majidov Jahongir Mahmudovich qayta saylandi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va raisi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax viloyat tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi. Konferensiya yakunida universitet boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining kelgusidagi faoliyati bo‘yicha ustivor vazifalar belgilab olindi.


Ulashish:
417
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.
14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari...
Rektor tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot fakultet dekani tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyishi bilan boshlandi.
Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda kitobxonlikni rivojlantirish, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda volontyorlik guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.